Uch avlod vakillari uchrashdi

Bugun Nukus shahrida joylashgan "Oq qush" majmuasida o‘tmish, bugun va kelajak uchrashuvi - Uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faxriylar va turli soha vakillarining ibratli ishlarini alohida tilga oldi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, O‘zbekiston Nuroniylar jamg‘armasi boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Nuroniy" jamg‘armasi raisi T.Abdijabbarov ishtirok etdi.
Uchrashuvda uzoq yillar davomida xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilgan keksalar, faxriylar, shuningdek, yoshlar ishtirok etdi.
Bugungi o‘tkazilgan uch avlod uchrashuvida yoshi ulug‘ avlod vakillari yoshlar bilan fikr almashib, yoshlik kuch-g‘ayratini qayta his etgandek bo‘ldi, desak adashmagan bo‘lamiz. Yoshlar esa o‘zidan oldingi avlod vakillarining pand-nasihatlaridan katta taassurotlar oldi.
Albatta, nuroniylarning bosib o‘tgan hayot yo‘li, erishgan natijalari va to‘plagan hayotiy tajribasi bugungi yosh avlod uchun chinakam hayot maktabi bo‘lib, ularni yuksak marralarga ruhlantiradi.
Uchrashuv davomida yurtimiz taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan bir qator faxriylarga "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Tadbir san’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

.jpg)

.jpg)
.jpg)