Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev rahbarligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda mebelsozlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Ta’kidlash joizki, hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ular uchun barcha qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar bu boradagi chora-tadbirlar ko‘lamini yangi bosqichga ko‘tarmoqda.
Bugungi o‘tkazilgan uchrashuvda ayrim sabablarga ko‘ra duch kelayotgan muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan har qanday tashabbus doimo qo‘llab-quvvatlanishi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida yechim topish choralari ko‘rildi.
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
