O‘zbekistonda “mahalla yettiligi”ga 10 mln so‘mdan grant ajratiladi
55

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, har bir mahallada ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va aholi daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar uchun “mahalla yettiligi”ga 10 million so‘mdan grant beriladi.
Bu maqsadlar uchun jami 240 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shuningdek:
➖ mahalla raisi “yettilik” a’zolarining ish rejasini tasdiqlaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
➖ “yettilik”ni o‘qitish va ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlash uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi.