«O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi
23

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Harbiy bo‘linmasi boshlig‘i Berdibekov Aqilbek va Nukus davlat texnika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Maxsetbayev Zayd «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi M.Atamuratov tomonidan o‘z egalariga topshirildi.
Ma’lumot uchun, ushbu nishon Vatanimizning obro‘-e’tibori, shon-shuhratini yuksaltirishga va uning nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib, namuna ko‘rsatayotgan yoshlar va soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlatimizning yuksak e’tiboridir.