Hurmatli Prezident!
43

Qoraqalpog‘iston xalqi Sizning, xalqimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi beqiyos xizmatlaringizni yuksak qadrlaydi.
Bevosita o‘zingiz rahbarligingizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Yangi O‘zbekistonni yanada qudratli va farovon mamlakatga aylantirishiga qat’iy ishonamiz.
Bugun Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, xalq hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar Sizning doimiy g‘amxo‘rligingiz va yuksak e’tiboringizning amaliy ifodasidir.
Shuning uchun Qoraqalpog‘iston xalqi bugungi kunidan rozi, ertangi kuniga ishonchi mustahkam va buning uchun Sizdan cheksiz minnatdor.
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!