«Aral» futbol jamoasiga Prezident sovg‘asi - zamonaviy avtobus topshirildi

Xabaringiz bor, bugungi kunda Pro Liga o‘yinlarida «Aral» futbol jamoamiz yetakchilikni qo‘ldan bermay kelmoqda.
Bugun futbol jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident sovg‘asi - zamonaviy avtobus tantanali ravishda topshirildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, jamoamiz doimo qo‘llab-quvvatlashda ekanligini ta’kidladi.
Bundan so‘ng, O‘zbekiston Pro Ligasining 11-tur markaziy o‘yinida 26 ochko to‘plagan holda birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan «Aral» futbol jamoamiz «Sho‘rtan» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va o‘yin yakunida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Aytish joizki, PFK «Aral» bugungi kunda Pro Ligada yetakchilikni qo‘ldan bermay kelmoqda. Kelgusida jamoamiz, albatta, Super Liga o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishiga qat’iy ishonamiz.