Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat, endi har bir loyiha banklar bilan birga ko‘rib chiqiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Dolzarb 40 kunlik» doirasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan yangi mexanizm ishga tushirildi.
Endi istiqbolli biznes g‘oyalari Loyiha ofisi orqali 9 ta tijorat banki va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
☑️ Eng muhimi, loyihalar faqat kredit ajratish nuqtayi nazaridan emas, balki ularni to‘liq amalga oshirish imkoniyati bo‘yicha ham baholanadi. Ya’ni moliyaviy model, infratuzilma, zarur ruxsatnomalar va loyihani amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa omillar ham birgalikda o‘rganilib, ularning yechimlari ishlab chiqiladi.
☑️ Bu jarayonda tijorat banklari ham faol ishtirok etadi. Ular istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, tadbirkorlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish va biznes tashabbuslarini amalga oshirishda amaliy ko‘mak beradi.
☑️ Yangi tizimning asosiy maqsadi — yaxshi biznes g‘oyalari qog‘ozda qolib ketmasligi, ularni tezroq amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishdan iborat. Shu orqali davlat tashkilotlari va banklar birgalikda har bir loyihani natijagacha olib borishga harakat qiladi.