Diqqat, e’lon!

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni kreativ usulda xalqimizga yetkazish borasida 14-30 yosh oralig‘idagi yoshlar o‘rtasida "Kreativ mobilograf" tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov Qoraqalpog‘istonda olib borilayotgan siyosiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy islohotlarni keng yoritish, xalqimizning xolis va ishonchli axborotga bo‘lgan talabini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlov bo‘yicha tayyorlangan videomateriallar 5-20-avgust kunlari oralig‘ida maxsus komissiyaning @kreativ_mobilograf_bot boti orqali qabul qilinadi.
Asosiy talab: Tayyorlangan videorolikning kreativligi, so‘nggi yangiliklarni yoritishi, qisqaligi va sifatiga e’tibor qaratiladi.
Mamlakatimizdagi yangiliklarni o‘zida aks ettirgan eng yaxshi video va uning muallifi bo‘lgan mobilograf tanlov g‘olibi deb topiladi.
❗️G‘oliblar iPhone 17 Pro Max, MacBook Neo, Noutbook bilan taqdirlanadi.