Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi

Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan Vazirlar Mahkamasining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2026-2029-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Ya’ni, shu yillar oralig‘ida Qoraqalpog‘istonda 688 mlrd. 316,4 mln. so‘m mablag‘ hisobidan qurilish-modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi.
Shundan, 216 mlrd. 473,5 mln. so‘m hisobidan 850,9 km tarmoq, 214 transformator punkti, 24 taqsimlash qurilmasi va 11 yacheyka komplekti yangidan quriladi.
Bundan tashqari, 471 mlrd. 842,9 mln so‘m mablag‘ hisobidan 2 ming 599,6 km uzatish tarmog‘i, 197 ta transformator punktlarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
Asosiysi, mazkur ishlar amalga oshirilishi natijasida aholini yillar davomida qiynab kelgan muammolarga yechim topiladi.