Nukusga 44 dona zamonaviy avtobus olib kelindi

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va harakat tarkibini zamonaviy avtobuslar bilan yangilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Nukus shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Fayz Avangard" MCHJ korxonasi tomonidan 32 dona va "Mangit lestorg" MCHJ tomonidan 12 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi. Bu avtobuslar shahar ichidagi yo‘nalishlarga "Brutto-shartnoma" asosida joylashtiriladi.
Zamonaviy harakatlanuvchi qurilmalar Nukus shahrida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz qatnovni ta’minlash hamda transport tizimi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.