Jo‘qorg‘i Kenges Raisi To‘rtko‘l tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va kommunal sohadagi ishlar bilan tanishdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev To‘rtko‘l tumanida bo‘lib, aholini sifatli va barqaror kommunal xizmatlar bilan ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.
Dastlab “G‘alaba” mahallasidagi transformator punkti faoliyati ko‘zdan kechirildi. Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish va uzluksiz uzatishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi “Ullubog‘” OFYdagi gaz taqsimlash qurilmalarining ishlash holati va energiya tejamkorligini ko‘zdan kechirdi. “Ibn Sino” mahallasining To‘rtko‘l ko‘chasida olib borilayotgan gaz tarmog‘ini rekonstruksiya qilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Manzilli o‘rganishlar davomida gaz quvurlarini tartibga keltirish, bo‘yoqlash va gaz sizib chiqishining oldini olish orqali xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar belgilandi.
bundan keyin Jo‘qorg‘i Kenges Raisi nuroniylar va mahalla faollari bilan uchrashib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan muloqot qildi.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
