Aqtenge Keunimjaeva o‘z vazn toifasida tengsiz deb topildi
273

Xitoyning Sian shahrida sportning ayollar kurashi bo‘yicha China Central Asia nomli xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan hamyurtimiz Aqtenge Keunimjaeva 50 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, barcha raqiblaridan ustun keldi.
Keskin bellashuvlar bilan o‘tgan kurashlar yakunida Aqtenge 1-o‘rinni egallab, 🥇oltin medalni terma jamoamiz hisobiga yozib qo‘ydi.