Bu yil 150 ta paxta terish mashinasi kuzgi yig‘im-terim mavsumida ishtirok etadi
248

Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan paxta hosilini yig‘ib olishni mexanizatsiyalash jarayonini jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Shu asosda respublikamizga paxta terish mashinalari olib kelinib, kuzgi yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom etmoqda.
O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 60 dona paxta terish mashinasi olib kelingan bo‘lsa, joriy yilda yana 90 dona paxta terish mashinalari olib kelindi. Natijada, paxta hosilini yig‘ib oluvchi maxsus texnikalar soni 150 taga yetkazildi.