Hurmatli soliq xizmati xodimlari!

Eng Avvalo, Sizlarni bugungi sana – Soliq xizmati tashkil etilgan kun munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
Soliq xizmati – mamlakatimiz moliyaviy barqarorligi, iqtisodiy taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashda muhim bo‘lgan mas’uliyatli va sharafli soha hisoblanadi.
O‘ziga yuklatilgan vazifalarni chin ko‘ngildan ado etib, byudjet daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida shakllantirish, tadbirkorlik muhitini sog‘lomlashtirish va ularni qo‘llab-qo‘vvatlash yo‘lida munosib mehnat qilayotgan soliq xizmati xodimlarining fidokorona mehnati doimo e’tiborga loyiq.
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, shu jumladan soliq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar eng avvalo xalqimizni bugungi turmushidan rozi qilish yo‘lida davom ettirilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kun soliqchilari endilikda tadbirkorlarning yaqin ko‘makchisi, mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratishda tashabbuskor va jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlashga hissa qo‘shuvchi kasb egalariga aylanmoqda.
Xalqimiz siz aziz soha xodimlarining fidokorona mehnatingizni doimo qadrlaydi.
Sizlarni yana bir bor bugungi sana munosabati bilan tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mashaqqatli va sharafli ishlaringizda zafarlar tilab qolamiz!
Amanbay Orınbaev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi