Xalqaro Informatika Olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1ta kumush va 3ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
484

O‘zbekistonda 9-16-avgust kunlari IOI Xalqaro Informatika Olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.
Olimpiada doirasida o‘tkazilgan ikki musobaqa yakunlandi va natijalar tasdiqlandi.
Unda O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1ta kumush va 3ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Jumladan,
🥈 Kumush medal — Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf;
🥉 Bronza medali — Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf;
🥉 Bronza medali — Ulug‘bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf;
🥉 Bronza medali — Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf;
Ma’lumot o‘rnida, bu O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.