Bir guruh faol tadbirkorlar taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir guruh tashabbuskor tadbirkorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, hurmatli Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qaratilayotgan e’tibor va bu borada qabul qilinayotgan farmon va qarorlar haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda aytib o‘tilganidek, so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Qisqa vaqt ichida yangi-yangi obyektlar ishga tushirilib, yirik hajmdagi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirda ana shunday ezgu ishlar keng e’tirof etildi.
Bayram tadbirida hurmatli Prezidentimizning maxsus Farmonlari asosida mukofotlangan tadbirkorlarimizga «Shuhrat» medali va «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari, Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan bir qator tadbirkorlar Jo‘qorg‘i Kengesning ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)


