Hurmatli tadbirkorlar, Bugungi davrning haqiqiy qahramonlari!

Eng avvalo, barchangizni yurtimizda keng nishonlanayotgan ajoyib bayram – «Tadbirkorlar kuni» munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Barchamizga ma’lum, hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2021-yilning 23-dekabr kuni imzolangan «Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq ushbu sana har yili butun mamlakatimiz bo‘ylab keng turda nishonlanib kelinmoqda. Bu, albatta, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligining yana bir ifodasidir.
Shuni ham alohida aytish kerakki, sizning timsolingizda bugun xalqimiz yangi zamon talabiga mos qadam tashlaydigan, tinim bilmaydigan, o‘z ustida doimo ishlab, hayotimizga yangiliklarni olib kirishdan charchamaydigan, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali hayotimiz farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan haqiqiy davr qahramonlarini ko‘radi.
Yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirish va mustahkamlashdek fidokorona mehnatlaringizni xalqimiz doimo qadrlaydi.
Sizlarni Tadbirkorlar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, mashaqqatli mehnatingizda doimo muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Amanbay Orınbaev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi