1-SINF O‘QUVCHILARIGA PREZIDENT SOVG‘ALARI ETIB KELDI!
79

Yangi o‘quv yilini quvonch bilan kutib olayotgan kichik o‘quvchilarimiz uchun Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib keldi.
2026/2027-o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilinadigan 38 ming 915 bola uchun 12 nomdagi Prezident sovg‘alari olib kelindi.
Bugungi kunda sovg‘alar barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablariga bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda.