Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘istonda 12 yirik obyekt ishga tushirildi

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlatimiz rahbari hududlardagi studiyalarga yig‘ilgan keng jamoatchilik vakillarini, ular orqali butun xalqimizni yaqinlashib kelayotgan ulug‘ ayyom bilan tabrikladi.
Unda Nukus shahridagi yangidan rekonstruksiya qilingan Turon stadionidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev, keng jamoatchilik vakillari videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, bugun davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, 72 ta yirik investitsiya loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi.
Shundan, Qoraqalpog‘istonda ham jami 12 obyekt, shuning ichida 117 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan yangidan rekonstruksiya qilingan Turon futbol stadioni, 3,1 trln. so‘mlik 200 megavattli shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli energiya saqlash tizimi, 153 mlrd. so‘mlik Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi, 12 mln. dollarlik ohak ishlab chiqarish zavodi, xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilib, 167,7 mlrd. so‘m hisobidan rekonstruksiya qilingan Mang‘it suv tozalash inshooti, Nukus shahrida 15 mln. dollarlik gazoblok ishlab chiqarish korxonasi, Kegeylida 4 mln. dollarlik DVP mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi kabi obyektlar ishga tushirildi.
Bundan tashqari, Nukus tumani hududida 60 mlrd. so‘mlik parrandachilik kompleksi, Buyuk Britaniyaning 3,3 mlrd. so‘mlik Pearson Btec xalqaro ta’lim dasturi loyihasi, Nukus shahrida 21 mlrd. so‘mlik zamonaviy xususiy maktab, Taxiatosh tumanidagi 8,5 mlrd. so‘m hisobidan yangidan qurilgan 23-sonli umumta’lim maktabi, Chimboy tumanida 13,4 mlrd. so‘mlik yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Albatta, foydalanishga topshirilgan obyektlar xalqimiz farovonligi yo‘lida uzoq yillar davomida xizmat qiladi.

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)
