Mustaqillik bayrami arafasida yangi maktab ochildi
118

Mustaqilligimizning 35-yillik bayrami arafasida Taxiatosh tumanida yana bir quvonchli voqea - yangi ta’lim dargohi o‘z eshiklarini ochdi.
Oydin yo‘l MFY hududidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.
Maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5246-sonli qarori asosida 176 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uning qurilish-ta’mirlash ishlariga 8 milliard 496 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Zamonaviy sharoitlarga ega yangi maktab endilikda hududdagi o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim olish va o‘z iqtidorini namoyon etish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
.jpg)
.jpg)
