Mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi» esdalik nishoni topshirildi

Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida islohotlar samarasini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan edi.
Farmon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ham bir guruh faollar taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida ushbu mukofotlarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, eng ulug‘ va eng aziz bayram munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Bundan so‘ng yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faollarga «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi» esdalik nishoni topshirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimizning farovon turmushini ta’minlash yo‘lida bundan buyon ham fidokorona xizmat qilishini ta’kidlab, mehnatlari munosib baholanayotgani uchun hurmatli Prezidentimizga alohida minnatdorchilik bildirdi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

