Eng ulug‘ va eng aziz bayram munosabati bilan bir guruh vatandoshlarimizga davlat mukofotlari topshirildi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan yurtimiz rivoji yo‘lida mehnat qilayotgan, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Ona-Vatanga sodiqlik ruxida tarbiyalashda sermahsul mehnat qilib kelayotgan qator vatandoshlarimizni mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asos mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan mukofotlangan vatandoshlarimizga orden, medallar topshirildi.
Bugungi taqdirlanganlar mukofotlarning topshirilishi davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori va g‘amxo‘rligining yana bir ifodasi ekanligini alohida ta’kidlab, buning uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorchiligini bildirdi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)

.jpg)