Qoraqalpog‘istonda ishga tushirilgan yirik obyektlar borib ko‘rildi

Kecha hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Unda davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, yangi yirik obyektlar, jumladan, Qoraqalpog‘istonda 12 ta yirik obyekt foydalanishga topshirildi.
Bugun bir guruh davlat faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ushbu obyektlar bilan yaqindan tanishdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev yurtimizda ishga tushirilayotgan bunday yirik obyektlar hurmatli Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning va Qoraqalpog‘iston uchun alohida qaratilgan e’tiborning natijasi ekanligini ta’kidladi.
Dastlab, Nukus shahridagi yangi ochilgan avtoklav usulida gazoblok ishlab chiqarish korxonasi ishlari borib ko‘rildi.
Ta’kidlash joizki, 175 mlrd. sum mablag‘ hisobidan yangidan qurib bitkazilgan korxonada yiliga 350 ming kub metr gazoblok ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Eng asosiysi, ushbu korxona to‘liq quvvatda ishga tushishi bilan 90 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
Mehmonlar korxona ish jarayoni bilan tanishib, ishchilar bilan yaqindan muloqot qildi.


.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)