Bundan so‘ng Nukus tumani hududidagi “Inter Agro broylerlar Nukus” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi

Umumiy qiymati 60 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha asosida yangidan barpo etilgan mazkur korxonada bugungi kunda 40 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Korxonada aholi dasturxoniga sifatli tovuq go‘shti va tuxum mahsulotlari yetkazib berish bilan birga, naslchilikka moslashtirilgan inkubatsion tuxum yetishtirish yo‘nalishi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ahamiyatlisi, bugungi kunda korxona tomonidan xorijga jo‘jalarni eksport qilish ishlari ham boshlab yuborilgan.
Loyihaning ishga tushirilishi hududda parrandachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ichki bozor talabini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, naslchilik yo‘nalishining yo‘lga qo‘yilgani sohadagi mavjud imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, bunday zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarining barpo etilishi hudud iqtisodiyotiga yangi sur’at bag‘ishlab, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahalliy mahsulotlar turi va hajmi ko‘payishi uchun zamin yaratmoqda.
.jpg)


.jpg)