Shuningdek, jamoatchilik faollari 153 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hurmatli Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan tashrifi davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali faoliyati bilan yaqindan tanishib, Qoraqalpog‘istonda tibbiyot sohasi xodimlarining malakasini oshirish uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Ana shu asosda ilmiy-amaliy akademiya tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.
Akademiyada 159 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish va zamonaviy tibbiy amaliyotni o‘zlashtirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, akademiya eng zamonaviy tibbiy uskunalar, maxsus texnik anjomlar hamda simulyatsion xonalar bilan jihozlangan.
E’tiborlisi, bu yerda o‘rnatilgan ayrim zamonaviy uskuna va jihozlar nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham sanoqli hisoblanadi. Bu esa tibbiyot mutaxassislarining nazariy bilimi bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalarini ham yuqori darajada shakllantirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish uchun muhim qadamdir.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
