Yangidan ochilgan xususiy maktab faoliyati borib ko‘rildi

Nukus shahrida yangidan barpo etilgan zamonaviy «Zeyin» xususiy maktabi borib ko‘rildi. Jamoatchilik faollari bu yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Qiymati 21 mlrd so‘m bo‘lgan mazkur zamonaviy ta’lim muassasasi bugungi kun talablari asosida qurilib, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur imkoniyatlar bilan ta’minlangan. Ayniqsa, ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanilishi, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Eng muhimi, Nukus shahrida zamonaviy xususiy maktabning ishga tushirilishi ta’lim sohasida yangi imkoniyatlarni kengaytirib, ota-onalar va o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim olishning yana bir muqobil yo‘nalishini yaratmoqda. Bunday loyihalar hududda ta’lim sifatini oshirish va yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)