Taxtako‘pir tumani «Dáwir» mahallasining yangi binosi foydalanishga topshirildi
75

Bugun Taxtako‘pir tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi bayrami arafasida «Dáwir» mahallasi uchun yangi qurilgan bino foydalanishga topshirildi.
Mazkur loyiha 1 milliard 290 million so‘m mablag‘ hisobidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi binoning ochilish marosimida tuman hokimi J.Adilov, mahalla aholisi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Zamonaviy va qulay sharoitlarga ega bo‘lgan yangi binoda mahalla ahli uchun qator qulayliklar, mahalla xizmatlarini samarali tashkil etish va aholi bilan ishlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
.jpg)
.jpg)