Mustaqillik bayrami arafasida Shumanay oilaviy tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi
82

Mustaqillik bayrami arafasida Shumanay tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli "Mamiy" ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Shumanay oilaviy shifokorlik punkti binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu shifokorlik punkti Prezidentimizning PQ-248-sonli qaroriga muvofiq, 2 milliard 216 million so‘m mablag‘ hisobidan to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Foydalanishga topshirilgan Shumanay oilaviy shifokorlik punktida yaratilgan zamonaviy sharoitlar 2200 nafardan ortiq aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish imkonini beradi.

.jpg)
.jpg)