Taxiatosh tumani «Keneges» mahallasida zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish markazi foydalanishga topshirildi

Mamlakatimiz Mustaqilligining 35-yilligi arafasida Taxiatosh tumanida bayram tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun tumandagi «Keneges» ovul fuqarolar yig‘ini hududida yana bir muhim obyekt - aholiga qulaylik yaratish maqsadida barpo etilgan Maishiy xizmat ko‘rsatish markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markazning ochilish tadbirida hudud aholisi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, chekka hududlar uchun ham shunchalik e’tibor qaratilayotgani uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu ko‘rkam bino Prezidentimizning 5246-sonli qarori bilan 3,6 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega qilib qurib bitkazildi.
Albatta, ushbu yangi markaz hudud aholisi uchun turli kundalik maishiy xizmatlarni bir joyga jamlab, ularning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga xizmat qiladi.
.jpg)
.jpg)
