Taxiatoshda bayram sovg‘asi: «Keneges» OFYda yangi zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi
87

Mamlakatimiz Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan bugun Taxiatosh tumanida 3 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Ushbu bayram sovg‘alaridan biri – «Keneges» ovul fuqarolar yig‘ini hududida qad rostlagan 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
Ushbu zamonaviy ta’lim maskani Prezidentimizning 5246-sonli qarori asosida, OPEK xalqaro taraqqiyot fondi ishtirokidagi «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasi doirasida qurib bitkazildi.
Yangi bog‘chaning ishga tushirilishi hududdagi bolalarni sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish darajasini oshirishga hamda ularning zamon talablari asosida yetuk inson bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi.
.jpg)
.jpg)
