Mustaqillik bayramiga yana bir tuhfa: Taxiatoshdagi «Nurli keleshek»da yangi zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yillik bayrami joylarda keng turda nishonlanmoqda. Ayniqsa, bayram arafasida yangi inshootlarning foydalanishga topshirilishi xalqimizga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Ana shunday bayram sovg‘alaridan biri Taxiatosh tumani «Nurli keleshek» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.
Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ushbu bino Prezidentimizning 5246-sonli qarori asosida, 4,6 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan zamonaviy ko‘rinishda barpo etildi.
Ushbu ta’lim muassasasining ishga tushirilishi hudud aholisi uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘lib, kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlarimizning zamon talablari asosida sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun mustahkam zamin yaratadi.
.jpg)

.jpg)