Mustaqillik bayramiga uchinchi tuhfa: «Jana makan» mahallasida yangi zamonaviy bolalar bog‘chasi ishga tushdi
135

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Taxiatosh tumanida foydalanishga topshirilayotgan 3 yangi bolalar bog‘chasidan biri - «Jana makan» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham tantanali ravishda ochildi.
Ushbu bino ham Prezidentimizning 5246-sonli qarori asosida, «Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish» loyihasi doirasida 5,2 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan qurildi.
Bir kunda ketma-ket foydalanishga topshirilgan ushbu 3 ta yangi ta’lim muassasasi tuman aholisi, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalar uchun mustaqillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi.
.jpg)
.jpg)