Qo‘ng‘irot tumanida yangi ko‘p qavatli turar joy foydalanishga topshirildi

Qo‘ng‘irot tumani markazidagi «Azatliq» mahallasida zamonaviy ko‘p qavatli turar joy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari doirasida tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki, hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 1-apreldagi 132-sonli qarori bilan Qo‘ng‘irot tumanini 2025–2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlangan. Qarorda tuman markazida aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, 2026-yildan boshlab eski uy-joylar o‘rnida renovatsiya asosida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar barpo etish vazifalari belgilangan edi.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida «Azatliq» mahallasida ilgari mavjud bo‘lgan eski va avariya holatidagi ikki qavatli uylar o‘rnida 5 qavatli, 35 xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy turar joy binosi qad rostladi.
Yangi bino zamonaviy me’moriy talablarga javob berishi bilan birga, hududning qiyofasini yangilash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
Ochilish marosimida yangi xonadon sohiblariga yangi uy kalitlar topshirildi.
.jpg)
.jpg)