Shamoldan energiya olish bo‘yicha yana bir yirik loyiha ish boshladi

Yaqinda hurmatli Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab yirik obyektlar, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda ham 12 yirik obyekt ishga tushirilgan edi.
Bugun keng jamoatchilik vakillari va nuroniylar ushbu obyektlar bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, Beruniy tumani hududida amalga oshirilgan 200 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi va 100 MVtlik saqlash tizimini qurish bo‘yicha «Nukus-2» loyihasi borib ko‘rildi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orınbaev yangi quvvatning ishga tushirilishi hurmatli Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy ifodasi ekanligini ta’kidlab, buning uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchiligini bildirdi.
Ta’kidlash joizki, respublikamiz hududi shamol elektr stansiyalarini qurish uchun qulay joylardan biri hisoblanib, bu esa imkoniyatlar manbai sifatida xizmat qiladi. Yurtimiz stansiya uchun eng zarur, deyarli to‘xtamaydigan shamoli bilan ajralib turadi va katta salohiyatga ega. Shamol stansiyasi qurilib, foydalanishga topshirilishi yashil energetikani rivojlantirish borasidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ushbu loyiha O‘zbekistonning kam uglerodli energiya kelajagiga o‘tish yo‘lidagi muhim qadamdir. Loyiha shamol energiyasini akkumulyator asosidagi energiya saqlash tizimi bilan birlashtirib, elektr tarmog‘i barqarorligi va energiya ta’minoti ishonchliligini oshiradi.
Eng muhimi, ushbu loyiha ishga tushirilishi orqali xalqimiz va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror energiya bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi.


.jpg)
.jpg)