Qoraqalpog‘istonda ohak ishlab chiqarish zavodi ish boshladi

Prezidentimiz tomonidan ishga tushirilgan obyektlar qatorida Qoraqalpog‘istonda ham jami 12 ta yirik obyekt ishga tushirilgan edi.
Bu obyektlar qatorida bugun Qorao‘zak tumani «Qoybaq» ovul fuqarolar yig‘ini hududida ishga tushirilgan Qoraqalpog‘istondagi dastlabki so‘ndirilgan ohak ishlab chiqarish zavodi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Ta’kidlash joizki, umumiy 90,3 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirilgan zavodda bugungi kunda 50 nafar mahalliy mutaxassis ish bilan ta’minlangan.
Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash borasida katta zaxiraga ega Qoratov koni salohiyatidan foydalanilib, sutkasiga 500 tonna, yiliga esa 165 ming tonna ohak ishlab chiqarish quvvati yaratildi.
Ilgari so‘ndirilgan ohak respublikamizga qo‘shni viloyatlardan olib kelingan bo‘lsa, bugungi kunda mahsulotlar shu yerning o‘zida ishlab chiqarilmoqda va ichki bozorga yo‘naltirilmoqda. Kelgusida esa qo‘shni davlatlarga eksport yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Korxona faoliyati bilan tanishish asnosida nuroniylar mahalliy malakali mutaxassislar bilan yaqindan muloqot qildi.

.jpg)

