Amudaryo tumanida Mang‘it suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida yangi bunyodkorlik va obodonlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar qatorida Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘istonda ishga tushirilgan yirik obyektlardan biri Amudaryo tumanidagi Mang‘it suv tozalash inshooti bo‘ldi.
Respublikamiz faollari va nuroniylar bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Umumiy qiymati 167,7 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida obyekt to‘liq rekonstruksiya qilinib, sutkasiga 40 ming kub metr suvni tozalash quvvati yaratildi.
Shuningdek, loyiha doirasida 3 ta ichimlik suvi inshooti va 300 kilometrdan ziyod suv tarmoqlari yangilandi.
Ushbu bunyodkorlik ishlari natijasida Amudaryo tumanida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 80 foizga yetkazildi. Muhimi, loyihaning ishga tushirilishi tuman aholisi uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi.

.jpg)
.jpg)
