Yangi Amfiteatrning ochilishi Amudaryo tumani aholisi uchun bayram tantanasiga aylandi

Bugun Amudaryo tumani aholisi uchun bayram sovg‘asi - markaziy amfiteatrning ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangidan qurib bitkazilgan muhtasham binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tuman xalqini tabrikladi.
Ta’kidlash joizki, Amudaryo tumani aholisining bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishi uchun munosib joy, yillar davomida ushalmay kelgan niyati - amfiteatr avval bo‘lmagan edi. hurmatli Prezidentimizning e’tibori bilan bugungi kunga kelib yangi Amfiteatr qurilib, foydalanishga topshirildi va tuman aholisining ko‘p yillik orzu-umidlari ro‘yobga chiqdi.
Ahamiyatlisi, bundan buyon tumandagi barcha yirik madaniy tadbirlar va bayram tantanalari shu yerda o‘tkaziladi.
Bugungi o‘tkazilgan ochilish marosimi mamlakatimiz mustaqilligining 35-yillik bayrami arafasida o‘tkazilishi tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, haqiqiy bayramga aylanib ketdi.
Ochilish marosimi san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.


.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
