Qutlug‘ ayyom arafasida To‘rtko‘lda yana bir zamonaviy maktab foydalanishga topshirildi

Yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi sifatida Vatanimiz mustaqilligining 35-yillik bayrami arafasida To‘rtko‘l tumanida ham quvonchli voqea yuz berdi.
Hurmatli Prezidentimizning 454-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi, zamonaviy maktab binosi qad rostladi va eng ulug‘, eng aziz bayramimiz oldidan o‘quvchi va ustozlarga tuhfa etildi.
Qiymati 10,7 mlrd. so‘m va sig‘imi 330 o‘rinli bo‘lgan ushbu maktab barcha qulayliklarga ega qilib, qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.
Yangi o‘quv yili oldidan ishga tushirilgan ushbu ta’lim dargohi hududdagi o‘g‘il-qizlar uchun zamonaviy sharoitlarda bilim olish, o‘qituvchilar uchun esa samarali faoliyat yuritish yo‘lida keng imkoniyatlar eshigini ochadi.


.jpg)