Bo‘zatov-Chimboy yo‘li qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi

Bo‘zatov tumanini Chimboy tumani bilan hamda “Еrkindarya” OFYning “Makke ovuli” va “Ko‘kshiyel” aholi punktlari hududlarini tuman markazi bilan bog‘lovchi 95V038 avtomobil yo‘lining qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan yo‘lning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hurmatli Prezidentimizning 49-sonli qarori asosida Bo‘zatov tumanini rivojlantirish dasturi uchun mablag‘ ajratilib, shu asosda 18 mlrd. 870 mln. so‘m hisobidan 95V038 avtomobil yo‘lining 18,3 kilometr qismida asfalt qoplama yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Qisqa muddatda qurilish ishlari sifatli va o‘z vaqtida yakunlanib, “Makke ovuli” va “Ko‘kshiyel” aholisi uchun yanada qulay sharoit yaratildi. Yo‘lning foydalanishga topshirilishi hududlarda transport qatnovini yaxshilash, aholi uchun qulayliklarni oshirish va ovullar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
.jpg)
.jpg)