Xo‘jayli tumanida yangi savdo majmuasi ish boshladi

Mustaqilligimizning 35-yillik bayrami arafasida Xo‘jayli tumanida yangidan qad rostlagan «ATBASAR» savdo majmuasi foydalanishga topshirildi.
Tantanali tadbirda keng jamoatchilik vakillari va hudud aholisi ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlari asosida berilgan imtiyozlardan foydalanib, 15 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi.
Natijada 32 ta shoxobchadan iborat bo‘lgan savdo majmuasi o‘z faoliyatini boshlab, 100 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
Ochilishda so‘zga chiqqanlar bunday obyektlar tumanda xizmat ko‘rsatish sohasi rivojiga, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga salmoqli hissa qo‘shishini, bu o‘z navbatida tuman aholisi uchun bayram sovg‘asi bo‘lganini ta’kidladi.

.jpg)
.jpg)