Mustaqillik bayrami arafasida To‘rtko‘l vokzali yangi qiyofada foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi arafasida respublikamiz bo‘ylab yangi ijtimoiy va infratuzilma obyektlari foydalanishga topshirilmoqda. Mana shunday obyektlar qatorida To‘rtko‘l temir yo‘l vokzalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, vokzal to‘liq rekonstruksiya qilinib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan zamonaviy sharoitlar yaratildi.
Rekonstruksiya ishlari doirasida vokzal binosining ichki va tashqi qismi yangilanib, zamonaviy kutish zali tashkil etildi, yangi o‘rindiqlar o‘rnatildi, poyezdlar harakati haqida tezkor ma’lumot beruvchi elektron axborot tablosi joriy qilindi hamda bepul internet xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun ham tegishli qulayliklar yaratildi. Tashqi hudud obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, vokzal hududida chakana savdo, bankomat, aloqa uskunalari va ofis xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
.jpg)

.jpg)
.jpg)