Bayram arafasida Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi foydalanishga topshirildi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yillik bayrami yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Ayniqsa, bayram arafasida yangi ijtimoiy va infratuzilma obyektlari foydalanishga topshirilayotgani yurtdoshlarimizga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Shunday muhim tadbirlardan biri Nukus tumani "Qutankөl" ovul fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti - GREEN UNIVERSITY hamda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tarkibidagi Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu obyektni qurish uchun 8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ilmiy-tajriba stansiyasining ishga tushirilishi Qoraqalpog‘istonda ekologiya, o‘rmonchilik, iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
.jpg)

.jpg)