Eng ulug‘ va eng aziz bayram munosabati bilan bir guruh Vatandoshlarimizga davlat mukofotlari topshirildi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan yurtimiz rivoji yo‘lida mehnat qilayotgan, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Ona-Vatanga sodiqlik ruxida tarbiyalashda sermahsul mehnat qilib kelayotgan qator vatandoshlarimizni mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
O‘tkazilgan tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qaroriga muvofiq, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish va xalqimizning obod turmushini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatlari, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanni sevish va mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruxida tarbiyalash hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, yoshlarimiz o‘rtasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va giyohvandlikning og‘ir oqibatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish borasida targ‘ibot ishlarini keng yoyish maqsadida o‘tkazilgan «Giyohvandlikka qarshi kurashish» va «Kiberjinoyatga qarshi kurashish» tanlovi g‘oliblariga pul mukofotlari topshirildi.
.jpg)

.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)

