O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi keng turda nishonlandi

Poytaxtimiz Nukus shahridagi markaziy Amfiteatrda yurtimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi ostida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, xalqimizni eng ulug‘, eng muqaddas ayyom – yurtimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bayrami bilan qizg‘in tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida barcha hududlar qatori Qoraqalpog‘istonda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan bir qator muhim farmon va qarorlari xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratishga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuning bilan birga yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlik, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda qator investitsion loyihalar amalga oshirildi. Buning natijasida xalqimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratilib, qator yirik ishlab chiqarish korxonalari, ko‘plab ijtimoiy obyektlar ishga tushirildi.
Joriy yilning o‘zida barcha sohalarda ham yuqori natijalarga erishilib, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar keng turda davom ettirilmoqda.
Tantanali bayram tadbiri konsert dasturi bilan davom etdi. Dasturdan joy olgan san’at ustalari va yosh iqtidor egalari ijrosidagi Vatan, do‘stlik, tinchlik va totuvlik, yoshlik haqidagi qo‘shiqlar va raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.



.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)