Aziz yurtdoshlar!

Xalqimizni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan yurtimiz tarixidagi qutlug‘ sana, eng ulug‘ va eng aziz ayyom - Mustaqilligimizning 35-yillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.
Bu yilgi mustaqillik bayrami «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak quramiz!» degan chuqur ma’noli g‘oya ostida o‘tkazilishi ko‘p millatli xalqimizni - ona Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yo‘lida birlashtirib, barchamizni ezgu ishlarga ruhlantirmoqda.
Bu yilgi bayram tadbirlarini xalqimiz har qachongidan ham yuksak darajada kutib olmoqda.
Ayniqsa, bayram munosabati bilan shahar va tumanlarda, shuningdek, barcha mahallalarda «Mustaqillik to‘ylari» festivallari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgani, xalqimizning bugungi turmushidan roziligini ta’minlash yo‘lida bir qator amaliy chora-tadbirlar olib borilgani bayramga yanada ko‘tarinki ruh va xalqimizga yuqori kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Aziz do‘stlar!
Barchangizni yana bir bor Mustaqilligimizning 35-yillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.
Xonadonlaringizga omonlik tilab, yurtimizning yanada gullab-yashnashi, xalqimizning baxtli va farovon hayoti yo‘lidagi barcha ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Amanbay Orınbaev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi