Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Nukus shahridagi 34-sonli maktab o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan tabrikladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev Nukus shahridagi 34-sonli maktabda bilim olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga yangi o‘quv yilida yuksak marralar tiladi.
Dastlab, hurmatli Prezidentimizning tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shu bilan birga, yurtimizda so‘nggi yillarda barcha sohalar qatorida ta’lim sohasida ham olib borilayotgan islohotlar, yoshlarning chuqur bilim olishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida keng ta’kidlab o‘tildi.
Bundan keyin maktabda bilim berayotgan o‘qituvchilar bilan muloqot qilindi. Ularga minnatdorchilik bildirilib, yurtimiz yoshlari orasidan yuqori natijalarga erishadigan yoshlar yanada ko‘plab yetishib chiqishi alohida tilga olindi.
O‘tkazilgan tadbirda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.
Tadbir davomida 1-sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga «Prezident sovg‘alari» topshirildi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
