Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Hurmatli Prezidentimizning ta’lim sohasiga berayotgan e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi natijasida bugungi kunda ko‘plab ta’lim dargohlarida yangidan o‘quv binolari qurilib, sharoitlari yaxshilanmoqda.
Mustaqillik bayrami nishonlanayotgan bugungi kunda Beruniy tumani Abay ovul fuqarolar yig‘inidagi 68-sonli umumta’lim maktabida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi hamda 120 o‘rinli qo‘shimcha bino, 12x24 o‘lchamdagi sport zali qurilib, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning foydalanishi uchun tantanali ravishda topshirildi.
Maktab ta’miri va qo‘shimcha bino qurilishi uchun investitsiya dasturi asosida 4,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratildi. Hudud faol nuroniylari hamda maktab jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochilish tadbirida Mustaqilligimizning 35-yillik bayramiga ushbu imorat munosib sovg‘a bo‘lganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.


