O‘rtaqal’ada zamonaviy mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi ish boshladi

Bugungi kunda yurtimizda Mustaqilligimizning 35-yilligi keng nishonlanayotgan bo‘lib, shunday bayram tadbirlari qatorida Amudaryo tumanining O‘rtaqal’a ovuli hududida mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi foydalanishga topshirildi.
Mazkur mahalla majmuasi hurmatli Prezidentimizning «Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida barpo etildi.
3,6 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan majmuada aholiga xizmat ko‘rsatish uchun ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, kompyuter xonasi, o‘quv markazi, sport zali, tikuvchilik xonasi, novvoyxona kabi xizmatlar tashkil etilgan.
Yangi markaz mahalla aholisiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar va aholining bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.