«Istiqbolli davlat xizmatchisi» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
.jpg)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida «Istiqbolli davlat xizmatchisi» tanlovi o‘tkazilgan edi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev, Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori o‘rinbosari A.Salixov ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, tanlov 5 bosqichda tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi — yosh, salohiyatli kadrlarni davlat xizmatiga jalb etish, ularning kasbiy kompetensiyasini, liderlik qobiliyatini rivojlantirish orqali davlat boshqaruvida proaktivlikka, natijadorlikka va samaradorlikka xizmat qiluvchi kadrlar korpusini shakllantirish hisoblanadi.
O‘tkazilgan tadbirda tanlov natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar taqdirlandi va bir martalik pul mukofoti va Jo‘qorg‘i Kengesning Faxriy yorliqlari topshirildi.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
