Ellikqal’adagi «Yangi O‘zbekiston» massivida yana 2 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35-yilligi keng nishonlanayotgan shu qutlug‘ kunlarda Ellikqal’a tumanida aholi uchun munosib va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 30-apreldagi 70-sonli Farmoni ijrosi doirasida «Ellikqal’a» OFY hududidagi 10 gektar yer maydonida «Yangi O‘zbekiston» massiv tashkil etilgan edi.
Bosh rejaga muvofiq, massivda jami 1 060 ta xonadondan iborat, 5 va 7 qavatli 28 ta uy-joylar, shuningdek, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti va zamonaviy istirohat bog‘i barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2024–2025-yillarda massivda 4 ta 5 qavatli, 120 xonadonli uy-joy qurildi va foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunga kelib, bunyodkorlik ishlarining navbatdagi natijasi sifatida yana jami 50 kvartirali 2 ta ko‘p qavatli turar joy foydalanishga topshirildi va ochilish tadbiri ishtirokchilari yangi uy-joylarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Ayni paytda massivda yana 5 va 7 qavatli, 334 xonadondan iborat 10 ta uy-joylarda shuningdek, 660 o‘rinli zamonaviy umumta’lim maktabida qurilish ishlari davom etmoqda.